Inson g’animat

Ertalab uyqudan turib… birinchi aytadigan Allohga shukronalar. Meni turgizgani uchun, hali rizqim borligi uchun. Tirikligim, nafas olayotganim uchun shukronalar aytaman.
Insonning umri bir nafaslik vaqtchalik ham emas. Kecha ko’rgan insoningni har doim ham ertaga ko’ravermas ekansan.
Biz yettovlon edik. Doim birga edik. Bittamiz horijga ketdi o’qishni davom ettirgani, bittamiz, vatanga. Yana birimiz esa… kechagina birga kulishib, gaplashib o’tirgan do’stimiz… rizqi tugagan ekan… ertalab uyg’onmadi. Navbatdagi hazillardan biri deb o’yladik… Qani edi shunday bo’lib chiqsa… yo’q hammasi haqiqat edi… do’stimiz Muhammad Alihon foniy dunyoga safar qoilgan edi.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
Allohim uning joylari jannatda bo’lsin!

Ertalab turaman-u, shularni o’yladim. Inson g’animat ekan…

05.05.2006.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *